
“Barselona” Xavisiz mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi ayni payt Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi va u erda yangi mavsum boshlanishidan oldin bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” mamlakatga bosh murabbiy Xavi Ernandessiz kelgan.
Mutaxassisning yo‘qligi ma’muriy sabablar bilan bog‘liq. Klub yaqin kunlarda muammo bartaraf etilishini kutmoqda.
Shu tariqa, “Barselona” hali ham bosh murabbiysiz mavsumga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 20 iyul, chorshanba kuni kataloniyaliklar Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Fikrlar