"Barselona" Ukraina terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 25 sentabr, 2020, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘z safiga "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Ukraina terma jamoasi a’zosini bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ayni damda klublar ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

“Manchester Siti” 23 yoshli Zinchenkoni 2016 yil “Ufa”dan sotib olgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida “shaharliklar” safida 68 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 24 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!