
"Barselona" Uilyamsga yakuniy qarorni aytish uchun muddat belgiladi
"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsning Kataloniya klubining taklifiga yakuniy qarorni aytish kerak bo‘lgan oxirgi sanani 24 avgustga belgiladi. Bu haqda Mundo "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi rad javobini bersa, "ko‘k-anorranglilar" boshqa variantlarni ko‘rib chiqish ustida ishlay boshlaydi. Avvalroq OAVda Kataloniya klubi Uilyamsning o‘z safiga qo‘shilishga rozi bo‘lish imkoniyatlarini yuqori baholayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
O‘tgan mavsumda Uilyams klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 60 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar