
"Barselona" "so‘ngan yulduz" bilan shartnoma imzolashni xohlaydi
"Barselona" "Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekirni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
28 yoshli hujumkor yarim himoyachi Joan Laportaga yoqadi. Kataloniyaliklar frantsz uchun 60 million evro to‘lashga tayyor, biroq "Betis" uni 80 million evrodan kamiga sotmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Fekir "qurbaqalar" bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
La Liganing joriy mavsumida Nabil jami 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar