“Barselona” Sanchoga og‘ir talab qo‘ydi

  • 15 oktabr, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho faoliyati davomidagi eng muhim qarorga kelishi kerak.

Tecno

Futbolchi bosh murabbiy Erik ten Xagdan uzr so‘ramagani uchun jamoadan chetlatilgan va niderlandiyalik mutaxassis uni o‘z jamoasida o‘ynatmoqchi emas.

Hozircha, Jeydon Sanchoga faqat “Barselona”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Kataloniyaliklar 23 yoshli o‘yinchini yanvarda ijaraga olishga tayyor.

Agar Sancho “Barselona”da o‘ynamoqchi bo‘lsa, maoshining sezilarli darajada qisqartirilishiga rozi bo‘lishi talab etilmoqda.

Transfermarkt portali ikki yil muqaddam eng qimmatbaho o‘yinchilar qatorida turgan Jeydon Sanchoni endi 32 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!