
"Barselona" Roke transferidan qancha ishlab olishni maqsad qilgan?
Yozgi transferlar oynasida Vitor Roke "Barselona"ni tark etishi mumkin. Unga "Al-Hilol"dan jiddiy taklif bo‘layotgani borasida mish-mishlar tarqalmoqda.
"Sport" nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar hujumchini sotishga qaror qilsa, bu transferdan 30 million evro ishlab olishni masad qilgan. Ammo hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.
Rokeni "Barselona" o‘tgan yili yozda 40 million evro evaziga sotib olgandi. Qishda klub tarkibiga kelib qo‘shilgan futbolchi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va bundan braziliyalik norzi edi.
Eslatib o‘tamiz, Vitor jamoasi safida yakuniga etgan mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda qatnashdi.
Fikrlar