
"Barselona" prezidentligiga nomzodlar jamoaga "Borussiya" sport direktorini olib kelmoqchi
“Barselona” prezidentligiga nomzodlarning aksariyati ushbu lavozimga saylangan taqdirda jamoaga “Borussiya” Dortmund sport direktori Mixael Tsorkni olib kelishini ta’kidlamoqda.
Jurnalist Oriol Domenek Onze na Esport 3 dasturida aytishicha, Tsorkni “Kamp Nou”ga taklif qilmoqchi bo‘lgan nomzodlar nomi hozircha oshkor etilmayapti.
Tsork “Borussiya” uchun bir qator yirik transferlarni amalga oshirgan. Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland ham shular jumlasidandir.
"Barselona" prezidentligi uchun saylov 2021 yilning 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar