
"Barselona" murabbiyi "Yuve"ga qarshi o‘yinda katta o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman EChL 6-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi uchrashuv oldidan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi. Bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Kuman "Barsa"ning yosh futbolchilariga imkoniyat berish niyatida. Mutaxassis har bir pozitsiyada rotatsiyaga qo‘l urmoqchi. Murabbiy aksariyat futbolchilar zaxiradan o‘yinga qo‘shilganda, asosiy tarkibdagidan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishini payqagan. Agar yosh iste’dodlar "Yuve"ga qarshi o‘zini ko‘rsata olsa, bu usul doimiy tarzda amalga oshiriladi.
"Ko‘k-anorranglilar" ertaga "Kamp Nou"da "keksa senora"ni qabul qiladi. Ushbu bahs "G" guruhi g‘olibi nomiga oydinlik kiritib berishi mumkin.
Fikrlar