
“Barselona” Messining vorisidan voz kechish qaror qildi
Lionel Messi 2021 yili “Barselona”ni tark etganidan keyin muxlisu mutaxassislar klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fatiga argentinalik yulduzning o‘rinbosari sifatida munosabat qildi.
Klub unga yaxshi niyatlar bilan Leoning 10-raqamini taqdim qildi. Boshida ishonchni oqlab kelgan Fati ikki marotaba og‘ir jarohat olganidan keyin hali o‘z darajasiga qayta olgani yo‘q.
Oqibatda 20 yoshli futbolchi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Endi kataloniyaliklar bu o‘yinchidan voz kechishga tayyorligini bildirmoqda.
Fatining o‘zi tez orada avvalgi sport formasiga qaytishiga va jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ispaniyalik o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti.
Fikrlar