"Barselona" Levandovskiga va’da berdi. Va’da bajarilsa, millionlar "oqib keladi"

  • 22 iyul, 2022, 02:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Robert Levandovskiga 9-raqam ostida to‘p tepishini va’da qildi. 

"Diario Sport" nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi o‘z hujumchisi bilan yangi mavsumda 9-raqam ostida to‘p tepish borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. 

"Ko‘k-anorranglilar" polyak nomi yozilgan liboslarni tijoriylashtirish kerak, deb hisoblamoqda. Klub mazkur jarayondan 20 million evrodan ortiq foyda ko‘rishni rejalashtirgan. 

O‘tgan mavsumda Memfis Depay 9-raqam ostida harakat qildi. Ayni vaqtda "ko‘k-anorranglilar" uni sotish istagida bo‘lsa ham, niderlandiyalik o‘yinchi hamon jamoasini o‘zgartirmadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!