
"Barselona" La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritgani uchun qancha mukofot puli olishi ma’lum
Kataloniyaning "Barselona" klubi La Ligada oltin medallarni qo‘lga kiritgani uchun qancha mukofot puli olishi ma’lum.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 2022/23 yilgi mavsumda chempionlik uchun 60 million evro oladi. Kumush medallar sohibi 54 million evro ishlab topsa, kuchli uchlikni yakunlagan klub 46 million evro oladi. Ligadagi to‘rtinchi jamoa o‘z bankini 39 million evro bilan to‘ldiradi.
Avvalroq “Barselona” muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangandi. Ammo keyingi o‘rinlar uchun kurash hali ham davom etmoqda. Ayni damda “Real” ikkinchi (77 ochko, 37 o‘yin), “Atletiko” uchinchi (73ochko, 36 o‘yin), “Real Sosedad” to‘rtinchi (68 o‘yin, 36o‘yin) o‘rinda bormoqda.
Fikrlar