
"Barselona" keyingi yoz "Napoli" futbolchisini sotib olmoqchi
"Barselona" kelgusi yil yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘radigan futbolchilardan yana birini aniq qilib oldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar mavsumlar oralig‘ida “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. “Ko‘k-anor ranglilar” skautlari uni kuzatish davomida uning “Kamp Nou”da o‘ynab keta olish salohiyatiga ega ekanligini aytishgan.
Ma’lumot uchun, Fabian Ruis “Napoli”da 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ta’kidlash kerakki, Ruisga shuningdek "Real", "Bavariya" va "Liverpul" klublari ham xaridor bo‘lishmoqda. Uning transferi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar