
“Barselona” ishsiz yurgan futbolchini olmoqda
“Nitstsa” bilan amaldagi shartnomasi 1 iyulda tugaganidan beri ishsiz yurgan Malang Sarr faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Ayni paytda kataloniyaliklar 21 yoshli himoyachi bilan muzokara o‘tkazmoqda. “Barselona” sport direktori Erik Abidal jamoani yoshartirish maqsadida bu futbolchiga e’tibor qaratmoqda.
Kike Setening ishdan olinishi bu transferni barbod qilishi mumkin. Chunki Sarrning nomzod jamoani qabul qilib olishi kutilayotgan Ronald Kumanga ma’qul kelmaslik ehtimoli yuqori. Bu mutaxassis birinchi bo‘lib, “Ayaks” etakisi Donni van de Bekni transfer qilishni istamoqda.
Albatta, iste’dodli futbolchilardan hisoblangan Malang Sarr ham jamoasiz qolmaydi. Agar uni “Barselona”ga olishmasa, “Torino” variantini tanlash imkoni bor.
Fikrlar