
"Barselona" hujumchisini sotuvga qo‘ydi
"Barselona" jamoasi vinger Abde Ezzalzulini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda "SPORT" nashri xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 21 yoshli futbolchini 35 million evroga baholamoqda. Takliflar kelib tushsa, klub uni sotib yuborishga tayyor.
Qayd etish lozim, o‘tgan mavsumni "Osasuna" safida ijarada o‘tkazgan futbolchi La Liga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 2 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar