
Gvardiola “Barselona” bilan vunderkindni talashyapti
“Barselona” o‘zi tarbiyalagan 19 yoshli himoyachi Erik Garsiyani “Manchester Siti”dan qaytarib olmoqchi.
Ikki klubning Nelson Semedu transferi bo‘yicha muhokamalari chog‘ida kataloniyaliklar Garsiyani qaytarib olish imkoniyati haqida so‘ragan.
Garsiya asli kataloniyalik va “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bundan uch yil muqaddam “Siti” akademiyasiga o‘tgan va o‘tgan yili Angliya chempionatida debyut qildi. U klub rahbariyati ishonchiga kirgan va Gvardiola yosh futbolchini “Barsa”ga qaytarmoqchi emas.
Fikrlar