
“Barselona” futbolchisiga yangi boshpana kerak
Ijara asosida “Benfika”da o‘ynayotgan “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todibo jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
21 yoshli futbolchini “Sent-Etenn” ijaraga olishni rejalashtirgan. Shunga qaramay, frantsuzlar o‘z hamyurtining maoshini to‘liq to‘lay olmaydi. Ular bu borada kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishishiga ishonmoqda.
Todiboga Frantsiya chempionatining yana bir vakili – “Nitstsa” ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, iste’dodli futbolchi Italiyaning bir necha klubi nishonida turibdi.
Fikrlar