
"Barselona" futbolchisi "Real" ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g‘alaba haqida: Bu faoliyatimdagi eng yaxshi g‘alaba
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Mark Kasado Ispaniya chempionati doirasida “Real” ustidan qozonilgan dahshatli g‘alabani esladi.
“Ko‘k-anorranglilar” 4:0 hisobida zafar quchdi. "Barselona" kuchli raqibga qarshi o‘yinda o‘z darajasini yaqqol ko‘rsatdi. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi g‘alabami? Ehtimol, ha. "Real" maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozonish "Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun har doim o‘zgacha tuyuladi", - dedi 21 yoshli futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Kataloniya grandi 13 turdan so‘ng 33 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Flik shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid"dan 6 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar