
"Barselona" futbolchisi "Benfika"dan "Nitstsa"ga o‘tdi
“Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todibo “Benfika”dan “Nitstsa”ga ko‘chib o‘tdi.
Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini frantsuz klubiga keyinchalik 15,5 mln evroga (shundan 7,5 millioni bonus) sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga bergan.
“Barselona” Todiboni mavsum avvalida “Benfika”ga ijaraga bergan edi. Ammo u lissabonliklar safida bor yo‘g‘i 2 ta kubok bahsida maydonga tushdi xolos.
Fikrlar