
“Barselona” futbolchisi asosiy tarkibga kirish yo‘lini topdi
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti asosiy tarkibga kirish uchun jismoniy holatini kuchaytirish maqsadida bundan buyon go‘sht emaydigan bo‘ldi.
- Men vegetarian bo‘ldi va endi go‘sht, baliq emayman. O‘simlikdan olingan oqsillar o‘zimni tetik his qilishim uchun kifoya qiladi. Uch kilogrammga ozdim va o‘zimni kuchayganimni sezyapman. Jismoniy holatim ham avvalgidan ancha yaxshi. Bu o‘zgarishlar faoliyatimga ham ijobiy ta’sir qiladi, - dedi Umtiti.
Umtite keyingi ikki yil davomida jarohatlar tufayli La Ligada atigi 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman frantsiyalik futbolchining harakatlaridan qoniqmagani uchun uning jamoadan ketishi tarafdori bo‘layotgan edi.
Fikrlar