
"Barselona" direktorlari Xavidan nimani iltimos qilmoqda?
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kuman qaysi holatda jamoada olib qolinishini ma’lum qildi.
Gollandiyalik mutaxassis o‘z lavozimida qolishi uchun “ko‘k-anor ranglilar” bu mavsum “oltin dubl” qayd etishlari kerak. “Barsa” vazifaning birinchi qismini bajardi va kubokda g‘alaba qozondi. Biroq, kecha “Granada”ga (1:2) qarshi o‘yinda uchralgan kutilmagan mag‘lubiyat jamoaning La Ligadagi ishlarini biroz qiyinlashtirdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Barselona” direktorlar kengashi a’zolari “Al-Sadd”da faoliyat yuritayotgan Xavi bilan bog‘lanishgan va undan Qatar klubi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmaslikni so‘ragan.
"Barselona"da Yulian Nagelsmann nomzodi ham bor edi. Ammo 33 yoshli germaniyalik mutaxassis "Bavariya"ni tanladi.
“Barsa” 33 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida “Atletiko” (73) va “Real”dan (71) so‘ng 3-o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar hisobida 71 ochko bor.
Fikrlar