
“Barselona” bu yil Chempionlar ligasini yutadi
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten jamoa etakchisi Lionel Messining jamoasi bunaqa o‘yin bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonolmasligi haqidagi fikriga javob berdi.
Messining gapidan keyin jamoa bosh murabbiyi shogirdlari qit’aning eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqishga qodirligini ta’kidlagan. Messi esa o‘zining fikrini noto‘g‘ri tushunishganini bildirgan.
- Bu masala tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Lekin biz ikkimiz ham Chempionlar ligasida zafar quchishni istaymiz va bu qo‘limizdan kelishini bilamiz, - dedi Kike Seten.
Fikrlar