“Barselona” bu futbolchining transferidan umid uzgani yo‘q

  • 8 iyul, 2022, 12:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde uchun yana bir taklif bilan tayyorlamoqda.

Tecno

Oldinroq Kataloniya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Hozirda tomonlar transfer summasini muhokama qilishi kerak. “Barselona” Jyul uchun 50 million evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabar tarqalmoqda.

Ayni paytda "Sevilya" moliyaviy muammolarni boshdan o‘tkazmoqda. Shu bois, “nervionlar” Kundeni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Biroq kataloniyaliklar taklif qilayotgan summa andalusiyaliklarga mos keladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

O‘tgan mavsumda futbolchi La Ligada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!