"Barselona" bosh murabbiyi PSJ haqida nimalar dedi?

  • 14 dekabr, 2020, 19:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz uchun oson o‘yin bo‘lmasligini juda yaxshi bilamiz. Imkoniyatlar 50/50. PSJ hamda "Barselona" Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun kurash olib boruvchi jamoalar. Hech kim to‘xtashni istamaydi. Shu sababli, qaysidir jamoaning imkoniyatini yuqoriroq baholay olmayman", - deya niderlandiyalik mutaxassis so‘zlarini klub "Tvitter" sahifasi keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari 16/17 va 23/24 fevral kunlari o‘tkaziladi, javob bahslari esa 9/10 hamda 16/17 mart sanalariga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!