
“Barselona” bosh murabbiyi Levandovskini mensimadi
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi uchrashuvdan oldin raqib hujumchisi Robert Levandovskini Lionel Messi bilan solishtirdi.
- Messi o‘yinni o‘z foydamizga hal qilishimizga yordam bera oladi. Lekin bu jamoaviy yutuq. Axir unga kimdir yordam berishi kerak-ku. Jamoaviy qudratimiz bo‘lmasa, Messi kamroq narsaga erishardi.
Levandovski ham zo‘r futbolchi. Lekin u Messi darajasida emas. Bu yil polshalik hujumchi Chepionlar ligasida 13 ta gol urdi. Messi doim to‘purarlik mahoratini namoyish etib keladi, - dedi Seten.
“Barselona” va “Bavariya” uchrashuvi bugun tunda Lissabon shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar