"Barselona" 15 yoshli futbolchi transferiga jiddiy bel bog‘lagan. Unga yana uchta top klub ham qiziqish bildirmoqda

  • 30 mart, 2023, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi 15 yoshli Lyubo Pulichga qiziqish bildirmoqda. Klub yosh iqtidor sohibi transferiga jiddiy kirishgani aytilyapti.

Tecno

Shuningdek, Pulichga "Yuventus", "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund kabi top jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. Turin klubi Xorvatiya U-17 terma jamoasi markaziy himoyachisini bir yildan beri kuzatib kelyapti.

Eslatib o‘tamiz, Lyuboning transfer narxi 10 million evrodan ko‘proqqa baholangan. Futbolchining o‘zi kelajagi borasida tez orada qaror qabul qilishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!