“Barsa”ga Xolandni olib beradigan yulduz topildi
“Manchester Siti”ning eng zo‘r to‘purari Erling Xoland hamon Ispaniya chempionati grand klublari – “Barselona” hamda “Real” nishonida turibdi.
O‘tgan yili norvegiyalik hujumchi “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha uzaytiraniga qaramay, uning La Ligaga ko‘chib o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tingani yo‘q.
El Nacional nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati 25 yoshli hujumchi ashaddiy raqib “Real”ga emas, balki kataloniyaliklarga tegishiga qattiq ishonmoqda. Kataloniyaliklarda Lamin Yamal va Erling Xoland juftligini tashkil qilishi rejasi bor. Xolandning “Barsa”ni tanlashida jahon futbolining yangi yulduzi Lamin Yamal muhim rol o‘ynashi aytilmoqda.
Bundan tashqari, “Real” hujum chizig‘ida Kilian Mbappe va Vinisius Junior tandemi o‘ynayotgani bois, ular orasida Xolandga joy topish qiyin masala ekani ham “Barselona” mutasaddilarini norvegiyalik to‘purarning Kataloniyani tanlashiga umidvor qilyapti.



Fikrlar