
“Barsa”dan taklif olgan yulduz boshqa klub bilan kelishmoqda
“Barselona” prezidenti Joan Laporta tashabbusi bilan klub mutasaddilari “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklif yuborgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniyaga kelishi kutilgan niderlandiyalik yulduz “Inter” bilan muzokara o‘tkazayotgan ekan. Milanliklar mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadigan 30 yoshli futbolchini qo‘ldan chiqarmoqchi emas. “Barselona” taklifidan xabar topgan “Inter” mutasaddilari ham Veynaldumning roziligini tezroq olishga harakat qilmoqda.
“Liverpul” rahbariyati esa, qanchalar urinmasin, tajribali o‘yinchini jamoada qolishga ko‘ndira olmadi. Veynaldum joriy mavsumda “Liverpul” tarkibida Angliya premer-ligasining 28 ta uchrashuvida qatnashib, ikkita gol urdi.
Fikrlar