
“Barsa”da o‘ynamasam, unga qarshi o‘ynayman!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes daniyalik hujumchi Martn Breytueytni jamoada o‘ynatmoqchi emas.
Klub rahbariyati futbolchi bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda va tomonlar kelishuv arafasida turibdi.
Marca nashrining xabar berishicha, Breytueyt erkin agentga aylanishini bilan “Barselona”ning ashaddiy raqibi – “Espanol” safiga qo‘shilishga qaror qilgan. Bu jamoa ham 31 yoshli daniyalik o‘yinchiga imkoniyat berishga tayyor.
Breytueyt “Barselona”ga olib kelganidan beri 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar