“Barsa”da o‘ynagan futbolchi: Messi zo‘r sardor bo‘lmagan!

  • 30 aprel, 2024, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da Lionel Messi bilan birga to‘p tepgan Ivan Rakitich argentinalik yulduz haqida gapirdi.

Tecno

Xorvatiyalik futbolchi 2014-2020 yillar davomida Messi bilan birga o‘ynagan va kataloniyaliklar safida to‘rt karra Ispaniya chempioni bo‘lgan.

- Messi jahon futboli tarixida eng zo‘ri, agar istaganida dunyoda eng kuchli chap qanot himoyachisi bo‘la olardi.

Leo har doim ham zo‘r sardor bo‘la olmagan, chunki ayrim vaziyatlarda qanday yo‘l tutish to‘g‘ri bo‘lishini aytmas edi. Messi aynan mana shu xususiyati bilan ham o‘ziga xos va boshqalarga o‘xshamaydi, - dedi Ivan Rakitich.

Lionel Messi o‘tgan yoz Evropa futbolini tark etdi. Argentinalik yulduz ayni paytda "Inter Mayami" safida to‘purarlik bo‘yicha MLS rekordlarini yangilay boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!