“Barsa”da notinchlik. Bosh murabbiy Kuman yangi prezident Laporta bilan tortishib qoldi!

  • 12 mart, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” boshqaruvini qabul qilib olgan Joan Laporta yangi futbolchilarni taklif qilishni boshlab yubordi. Xususan, yangi rahbar “Manchester Siti”ning 32-yoshli hujumchisi Serxio Aueroga shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklif yubordi.

Tecno

Laportaning bu ishi jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanga yoqmadi. Bu borada niderlandiyalik mutaxassis o‘z hamyurti Memfis Depayni taklif qilishni rejalashtirayotgan edi.  “Lion”ning 27 yoshli hujumchisi ham yozda erkin agentga aylanadi.

Xullas, Ronald Kuman Joan Laportaga Memfis Depay yoshi o‘tib qolayotgan Aguerodan foydaliroq ekanini uqtirmoqda. Klub rahbari esa, argentinalik hujumchidan jamoa etakchisi Lionel Messini Kataloniyada olib qolishda foydalanmoqchi bo‘layotganini bosh murabbiy tushungisi kelmayapti.

Depay esa, Kataloniyaga ko‘chib o‘tish uchun, jamoada eng kam maosh oladigan futbolchilardan biri bo‘lishga ham rozi. Aguero esa erkin agent sifatida olib kelinishiga qaramay, “Barsa” tanlashi uchun bonus berishlarini so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!