
“Barsa” Ronalduning yurtiga futbolchi jo‘natdi
“Barselona” rasmiy sayti frantsiyalik himoyachi Jan-Kler Todibo “Benfika”ga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi.
Portugaliyaliklar 20 yoshli futbolchini ikki yilga ijaraga oldi. Unga ko‘ra, Lissabon shahri jamoasi 2 million evro miqdorida ijara puli to‘laydi va keyinchalik Todiboni 20 million evroga sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi.
Todibo “Barselona”ga 2019 yilning yanvarida 1 million evro evaziga “Tuluza”dan ko‘chib o‘tgan edi. Yosh futbolchiga asosiy tarkibga kirish uchun imkon berilmadi. U o‘tgan mavsumni Bundesligada o‘tkazib, “Shalke” sharafini himoya qildi.
Fikrlar