"Barsa" "Real"ning transferiga xalaqit berdimi?

  • 2 iyul, 2023, 16:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi “Fenerbaxche” yarim himoyachisi Arda Gulerni sotib olishni rejalashtirgan edi.

Tecno

"Qirollik klubi" yaqin vaqtgacha Turkiya terma jamoasining 18 yoshli futbolchisi uchun kurashda favorit hisoblanardi, ammo "Barselona" futbolchi bilan uchrashuv o‘tkazdi va bu vaziyatni o‘zgartirdi.

Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi hamon Gulerni sotib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq so‘nggi paytlarda muzokaralar davom etmayapti.

Transfermarkt ekspertlari o‘sib borayotgan yulduzning narxini 15 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!