
“Barsa” qimmat futbolchiga shartnoma beradi
“Barselona” rahbariyati yozda jamoa bilan ikki yillik shartnoma tuzgan frantsiyalik legioner Usmon Dembeleni uzoqroq muddat Kataloniyada olib qolmoqchi.
Jurnalist Ashraf Ben Ayadning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 25 yoshli hujumkor futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Usmon Dembele “Renn” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaga kelganga qadar bir yil “Borussiya”da o‘ynagan. “Barselona” bu o‘yinchi uchun 2017 yilda dortmundliklarga 125 million evro to‘lagan.
Joriy mavsumda Usmon Dembele sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar