"Barsa" muxlislari uchun zo‘r xushxabar! Klub 2 ta ajoyib futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishga tayyorlanmoqda

  • 1 iyul, 2022, 08:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen va "Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishga tayyorlanmoqda, deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi har ikki futbolchi bilan allaqachon shartnoma imzolagan va ularning ikkalasi ham kataloniyaliklar safiga tekinga ko‘chib o‘tadi. Chunki ular 1 iyuldan erkin agentga aylanadi.

26 yoshli Kristensen o‘tgan mavsum "Chelsi" safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 25 yoshli Kessier “Milan” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!