
“Barsa” Mbappe uchun “Real”ni qattiq tanqid qildi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olishga harakat qilayotgan “Real” rahbariyatini qattiq tanqid qildi.
- “Barsa” bir mavsum uchun 50 million evro talab qiladigan futbolchining transferini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmas edi, - dedi Joan Laporta.
Ma’lumki hozir Kilian Mbappe uchun PSJ va “Real” o‘rtasida jiddiy kurash ketmoqda. Har ikki klub ham 23 yoshli hujumchini rozi qilish maqsadida juda katta miqdordagi maosh va bonuslar taklif qilyapti.
“Barselona” esa moliyaviy inqirozdan chiqib keta olmayotgani uchun yangi yulduzlarni olishga imkon topa olmayapti. Qolaversa, ular tarkibdagi o‘yinchilarni ham maoshlarining bir qismidan voz kechishga majbur qilgan holatlar ko‘zga tashlanmoqda.
Fikrlar