“Barsa” Levandovski o‘rniga ikkita zo‘r to‘purar topib qo‘ydi

  • 3 dekabr, 2024, 17:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari jamoaning hozirgi paytdagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar topish bo‘yicha ishlarni to‘xtatgani yo‘q. 
Sport direktori Deku yaqin kelajakda polshalik forvard o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ikki hujumchi transferi bo‘yicha ish olib bormoqchi. 

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar jamoa samaradorligini keyinchalik ham saqlab qolish uchun “Lill” vakili Jonatan Devid va “Sporting” hujumchisi Viktor Dyokereshni o‘z tarkibiga qo‘shib olish rejasini tuzgan. 

Jonatan Devid o‘yinni tashkil etish va jamoaga samara keltirish borasida etakchi sifatida Evropa grandlari e’tiborini qozondi. Viktor Dyokeresh esa, jisomnan baquvvat, raqib darvozasi oldida xafli vaziyatlarni yarata oladigan va ulardan unumli foydalanadigan hujumchi hisoblanadi. 

“Barselona” bu ikki hujumchini kelasi yoz transfer qilishni mo‘ljallamoqda. Levandovskining shartnomasi esa, 2026 yilning 30 iyunida yakunlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!