
"Barsa" himoyachisi "Milan"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
"Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo katta ehtimol bilan faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli frantsuz "rossonerilar" sport direktori bilan gaplashgan va “Milan”ga o‘tishga rozilik bergan. Biroq, milanliklar hali Todiboning transferi masalasida kataloniyaliklar bilan kelisha olishgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq A Seriya klubi Todiboni mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jan-Kler Todibo joriy mavsum “Barselona” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar