
"Barsa" himoya markaziga nomzod topib qo‘ydi
"Atletiko" Madrid himoyachisi Mario Ermoso faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin. Insayder Jerar Romeroning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" vakillari uzoq vaqtdan beri Ermosoning faoliyatini kuzatib kelmoqda va himoya chizig‘idagi muammolar tufayli u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ispaniyalik himoyachining transfer qiymati 25 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Mario “matraschilar” safida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma shu yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar