"Barsa" frantsiyalik yulduzga qiziqib qoldi

  • 23 iyul, 2022, 13:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Hujumchi Nabil Fekir faoliyatini boshqa klub safida davom ettirishi kutilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, frantsuz bilan shartnoma imzolashga "Barselona" hamda "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. "Yashil-oqlar" o‘z o‘yinchisi transferidan 45 million evro ishlab olishni istamoqda. 

29 yoshli futbolchi "Betis" safida La Liga doirasidagi 99 ta o‘yinda 18 ta gol urgan va 21 ta assist muallifiga aylangan. Ayni damda "transfermarkt" portali Fekirni 40 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!