“Barsa” ettita futbolchi oladi

  • 17 may, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” chempionlik mavsumidan keyin Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish mavqsadida tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Klub rahbariyati moliyaviy muammolar borligiga qaramay, bosh murabbiy Xavi Ernandesga etti nafar futbolchi olib beradi.

Sport nashrining ta’kidlashicha, ko‘p narsa La Liga rahbariyatining “Barselona” transfer rejalari bo‘yicha qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Liga o‘z qarorini 19 may kuni e’lon qiladi.

Manbaga ko‘ra, Xavi Ernandes Serxio Busketsdan bo‘shagan o‘ringa “Real Sosedad” vakili Martin Subimendini olib kelmoqchi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasiga “Manchester Siti” sardori Ilkay Gyundog‘anni ham chaqiryapti.

Asosiy nishon hamon Lionel Messi bo‘lib turibdi. Himoya markaziga Inigo Martines nomzodi ma’qullagan.

Yana uchta pozitsiyaga munosib nomzodlarni qidirish ishlari davom ettirilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!