
“Barsa” barcha sovrinlarni yutishi uchun nima kerakligi aytildi
“Barselona”ning asosiy to‘purari Robert Levandovski jamoasi barcha sovrinlarni yutishi va har qanday raqibni engishi mumkinligini ta’kidladi.
- Hozircha barcha sovrinlarni yutishimiz mumkinligi haqida gapirishga biroz erta. Tabiiyki, biz hammani enga olamiz.
Lekin sovrinlarning barchasiga ega chiqish uchun mavsum davomida omad faqat bizning tomonda bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, bizning kuchli salohiyatimiz bor, lekin salohiyat boshqa, g‘oliblik mentaliteti esa, umuman boshqa narsadir.
Biz chempionatni yutish istagimizni ko‘rsatib kelyapmiz, ammo buning uchun kichik uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonish zarur. Oddiy o‘yinlarda “Barselona” bir necha ochko yo‘qotdi. Odamlar oddiy deb hisoblagan uchrashuvlar ham biz uchun muhim bo‘lishi kerak, - dedi Robert Levandovski.
Fikrlar