
"Barsa" Aguerodan ayrildi
"Barselona" o‘zining argentinalik hujumchisi Serxio Agueroni navbatdagi jarohat tufayli 3 oyga yo‘qotdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
"Barsa" futbolchisi Kun Aguero doktor Xosep Brugada boshchiligidagi diagnostika va davolash jarayonidan o‘tdi. U keyingi uch oy davomida o‘yinlarda qatnasha olmaydi. Ushbu davrda uning tiklanish jarayonini aniqlash uchun muolajaning samaradorligi baholanadi", - deyiladi klub bayonotida.
33 yoshli Aguero joriy mavsum “Barselona” safida jami 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. U kataloniyaliklar safiga shu yilning yozida “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar