“Barsa” A Seriyaning mashhur to‘purarini olmoqchi

  • 21 avgust, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sport direktori Deku Evropa chempionati qahramonlaridan Niko Uilyams transferini amalga oshirishni uddalay olmadi.

Tecno

Tarkibini kuchaytirish harakatida bo‘lgan kataloniyaliklar endi “Milan”dan portugaliyalik to‘purar Rafael Leauni olib kelmoqchi.

Mundo Deportivo nashrining ma’dum qilishicha, “Barselona” yozgi transferlar davrida hujumkor futbolchi olishni maqsad qilgan va bu xarid uchun 58 million evro tayyorlab qo‘ydi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar hamkor klub bilan kelishgan holda transferga o‘z o‘yinchilaridan birini qo‘shib berishga ham rozi.

Rafael Leau “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yili yozda “Lill”ga ko‘chib o‘tgan. Frantsiyaliklar uni bir yil o‘ynatib, ikki baravardan ko‘proq summa – 49,5 million evroga “Milan”ga sotib yuborgan edi.

25 yoshli hujumkor futbolchiga anchadan beri Evropaning qator grandlari qiziqish bildirib kelyapti. Biroq milanliklarni transferga ko‘ndirish hozircha hech kimga nasib qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
21/08/2024 23:34
Зайибал, битта зато килдилар, хадееб никто ссылкани ташлайвермангларей. Нормальный укиб, билиб йозинглар.