
Balotelli: Hozir Turkiya fuboli saviyasi A Seriyadan deyarli yuqori
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli Turkiya futboli haqida fikr bildirdi.
"O‘tgan yili A Seriyaning bir nechta o‘yinini tomosha qildim va Turkiya futboli bilan taqqosladim. Hozir Turkiya fuboli saviyasi A Seriyadan deyarli yuqori. Italiya chempionati yomon emas, lekin shunchaki boshqa ligalar ham o‘smoqda", - dedi Mario.
Ma’lumot uchun, Balotelli "Son"ga o‘tishidan avval Turkiya chempionatida o‘ynadi. 2021/22 yilgi mavsumda forvard "Adana Demirspor" safida 19 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar