Bahrom Haydarov: "Ular jamoani kuchaytirishdi, to‘g‘ri tanlov qildik"

  • 10 avgust, 2024, 10:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” Muborakda “Mash’al”ga qarshi bellashuvda yagona gol evaziga juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov ayrim savollarga javob berdi.

Tecno

- Teng kurashlar ostidagi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham issiq bo‘lishiga qaramasdan, maydonga tushgan futbolchilar jon-jahdi bilan o‘ynashdi. Hammasi bitta golgacha edi. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin biz yarimta vaziyatdan foydalanib ketganimiz hisobiga g‘alaba qozondik. Holbuki, bellashuv durangga tortayotgandi. Muhimi, g‘alaba qozondik. Omadimiz keldi. Bu erga kelib qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizni, rahbariyatimiz va futbolchilarimizni bu g‘alaba bilan tabriklayman. Hamma qilinayotgan mehnatlar samarasini beryapti, deb o‘ylayman. Bundan bu yog‘iga ham bo‘shashishimiz kerak emas. O‘zlaring bilasizlar, etakchilardan juda ortda qolib ketdik. Shuning uchun ularga etib olishga harakat qilishimiz kerak. Oldimizda katta vazifa turibdi. Shunday mehnat qilib, shunday darajada o‘ynab tursak maqsadimizga erishamiz.

- Yaqinda klubga bosh murabbiy etib tayinlandingiz. Maqsadlar o‘zgardimi? Rahbariyat qanday talablar qo‘ydi?

- Bilsanglar, men birinchi davrada ham murabbiylar shtabida ishlaganman. Birinchi davraning oxirgi 2-3 ta uchrashuvi omadsiz bo‘lganidan keyin biroz o‘zgarish bo‘ldi, xolos, murabbiylar shtabida. Meni bosh murabbiy etib tayinlashdi, katta rahmat. Mendan oldin ishlagan Muhsin Nizomiddinov jamoa bilan birga. Hech qanaqa maqsad o‘zgargani va yangilik kiritilgani yo‘q. Faqat o‘yinimizda biroz muammolar bo‘lgan. Shularni ko‘rib chiqdik. Har bir murabbiy yoki o‘yinchilar adashadi. Yangi o‘yinchilarni chaqirdik, tarkibni kuchaytirdik. Bu natijasini beryapti. Bundan keyin ham yangi chaqirgan futbolchilarimiz va birinchi davradagi yigitlar borini berishadi va barchamiz mana shunday natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman.

- Muhsin Nizomiddinov murabbiylar shtabida qolganmi? Aynan qanday lavozimda?

- Nizomiddinov rahbariyatga o‘tdi. Sport direktori lavozimiga tayinlangan. U bilan baribir birgamiz. Maqsadga erishish uchun birga yonma-yon turib ishlaymiz.

- “Qo‘qon-1912” sardori Bobur Akbarov “Xorazm”ga o‘tdi. Uni ketishiga nima sabab bo‘ldi yoki rahbariyat uni xohlamadimi?

- Bu – futbol. Biz ham qachondir futbolchi bo‘lganmiz, mana shunday vaziyatlar bo‘lgan. O‘ylaymanki, bu tabiiy holat. Har bir jamoada va har bir o‘yinchini hayotida bo‘ladi. Bobur bizga katta yordam berayotgandi. Ammo biz shunday qarorga keldikki, boshqa yoshroq markaziy himoyachini olib, uni o‘ynatishga qaror qildik. Bu oddiy futbol jarayonidagi holat.

- Jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?

- O‘zingiz ko‘rdingiz, Xusniddin G‘ofurov, Shota Gvazava, Kondratyuk, Poyonov...Birortasini yarim kuch bilan o‘ynadi yoki o‘yinimizni pasaytirishdi, degan xulosa yo‘q. To‘g‘ri, ko‘rib chiqamiz, tahlil qilamiz, xatolari yo‘q emas. Lekin, baribir ular jamoani kuchaytirishdi va to‘g‘ri tanlov qildik. Bitta uchrashuvdan xulosa chiqarish qiyin. Oldinda hali 13 ta o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, ular bizga ko‘p yordam beradi. G‘ofurov va Kondratyuk hozircha sport formasiga kirib olishgani yo‘q. Hali barchalari bizga ko‘p foyda keltirishadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!