Bahodir Jalolovga qachon kuchli raqiblar tanlanadi? Bokschining o‘zi javob berdi

  • 6 aprel, 2021, 17:19
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Bahodir Jalolov kuchli raqiblar bilan qachon jang o‘tkazishi xususidagi savolga quyidagicha javob berdi:

Tecno

"3 aprel sanasida to‘qnash kelgan raqibim ham chakki emasdi. Biz hozircha tavakkal qilmayapmiz. Professional boksda ko‘proq raundlarga tayyorlanish kerak. Havaskor boksda 3 raundda hammasini hal qilish kerak. Bularning o‘rtasida katta tafovut bor. Men hozirda har ikkala tarafda bir xil faoliyat olib borishimga to‘g‘ri kelyapti. 

Hozir tavakkal qilishga haqqimiz yo‘q. Professional boksda bitta mag‘lubiyat bo‘lib qolsa, bu sizning faoliyatingizga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirda oldimizdagi eng asosiy musobaqa - Olimpiada o‘yinlari bo‘lib turibdi. Ushbu musobaqadan keyin, muxlislarimiz kutayotgan katta janglarni o‘tkazamiz", - dedi Jalolov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!