
Azizbek Abdug‘ofurovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Ikkinchi o‘rta vazn (76, 2 kg) toifasida WBC Silver kamari sohibi hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Yurtdoshimiz 20 mart kuni Moskvada tashkil etiladigan jang oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga rossiyalik Pavel Silyagin (6-0, 4KO) raqiblik qiladi. Mazkur jangda Abdug‘ofurov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC Silver kamarini himoya qiladi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Abdug‘ofurov ikkinchi markaziy jangda ringga ko‘tariladi. Asosiy to‘qnashuv esa, Artur Beterbiev hamda Adam Daynes o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Azizbek Abdug‘ofurov professional boksda 13 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 5 marotaba nokautga uchratgan
Fikrlar