
Aziz G‘aniev jamoasi so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
BAA chempionatining 24-turida "Shabab Al-Axli" "Al-Vasl"ni o‘z maydonida qabul qildi va 2:2 hisobi qayd etildi.
Ikkinchi taymning dastlabki 10 daqiqasida mezbonlar ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Lima 65-daqiqada javob golini urgan bo‘lsa, Ganem o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirib ketdi. G‘aniev ushbu bahsda to‘liq o‘ynadi va 7,2 ballni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al-Ahli" ayni dam turnir jadvalida 51 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar