
Azim Ahmedov: "Yaxshi jamoaga raqib bo‘ldik"
Xabaringiz bor, 28 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi (OChL)ning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, nimchorak finalda jamoamizga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi raqib bo‘ldi.
Qur’a borasida “Navbahor”ning tajribali yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Menimcha, qur’a natijasiga ko‘ra, yaxshi jamoaga raqib bo‘ldik, deb o‘ylayman. Xudo hohlasa, namanganlik muxlislar yana bir marotaba futbol yulduzlarini ko‘rib, xursand bo‘ladigan bo‘lishdi va “Al-Ittihod” raqib bo‘lganligidan quvonishdi. Ularning xursandchiliklari esa bizni doim quvontiradi, - dedi Azimjon Ahmedov.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar