Azim Ahmedov: Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin

  • 3 iyul, 2021, 23:53
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Navbahor" Superliganing 12-turida o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdan so‘ng "lochinlar" yarim himoyachisi Azim Ahmedov "Instagram"dagi sahifasi orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi va jamoa bilan xayrlashganligi haqida yozib qoldirdi.

"Muxlislardan bugungi o‘yin uchun uzr so‘rayman. Bizni kechirasizlar, aziz muxlislar, mening mehnatlarimdan rozi bo‘linglar. Menga muxlislik qildinglar, qo‘llab-quvvatladinglar katta rahmat. Men sardorlikni ham topshirdim. Bizning mehnatlardan rozi bo‘lishmadi, mayli. Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin", - dedi Ahmedov.

Bir necha daqiqa o‘tgach, futbolchi ushbu postni o‘chirib yubordi. Hozircha uning namanganliklar safini rasman tark etganligi haqida xabarlar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
04/07/2021 09:55
Мехнатинга рози бул
&
$$$$$
07/07/2021 11:44
Azim pahtakorda yurganingda pahtakorni ahvoli navbahornikiday edi navbahorga otmasingda oldin 3 talikta yurovdi navbahor sen kelding omadsizliklar opkelding navbahorga mendan hafa boma azim sen omadsizlik keltiryapsan jamoga agar jamoni yahshi korsang ket jamodan agar vijdoning bolsa hozir ketasan teligram kanaling yozipsanu
&
Ашуров Бахтийор
04/07/2021 13:22
Ҳа қаерда бўлсанг ҳам,ОМОН бўл!!!
&
Rostgoy
03/07/2021 23:56
Эркак булсада Кизилкумга кетвоманде.